O‘zbekistonda koronavirus bilan kassallanish soni biroz kamaydi

Kecha aniqlangan yangi kasallanish holatlarining eng ko‘pi Toshkent shahri, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida qayd etilgan.
Sputnik
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Kecha, 10-iyul kuni, O‘zbekistonda 83 nafar kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kecha aniqlangan yangi kasallanish holatlarining eng ko‘pi Toshkent shahri (17 ta), Samarqand (10 ta) va Farg‘ona viloyatlarida (7 ta) qayd etilgan. Qashqadaryo, Namangan va Toshkent viloyatlarida 6 tadan, Jizzax viloyati va Qoraqalpog‘istonda 5 tadan, Buxoro, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida 4 tadan, Andijon, Surxondaryo va Xorazm viloyatilarida 3 tadan yangi holatlar aniqlangan.
Shu tariqa, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 241 738 nafarni tashkil etmoqda.
Mamlakatdan koviddan sog‘ayganlar jami 238 689 (+58) nafarga yetgan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 9-iyul kuni 89 kishi, 8-iyulda 98 kishi, 7-iyulda 91 kishining koronavirusga topshirgan testi musbat chiqqan edi.