Farg‘onada “Lacetti” va “Matiz” to‘qnashishi oqibatida bir kishi qurbon bo‘ldi

Dang‘ara tumanida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan "Lacetti" "Matiz" bilan to‘qnashib ketdi.
Sputnik
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida "Lacetti" va "Matiz" ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda "Zamon" insformatsion-tahliliy dasturida ma’lum qilindi.
Hodisa tuman hududidan o‘tuvchi 4K-889 avtomobil yo‘lining 4-kilometrida yuz bergan. "Lacetti" haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va shu yo‘nalishdagi "Matiz" bilan to‘qnashgan.
YTH oqibatida “Matiz” old o‘rindig‘ida o‘tirgan ayol olgan og‘ir tan jarohatidan voqea joyida halok bo‘lgan. Yana bir yo‘lovchi va haydovchilar kasalxonaga yotqizilgan.