Yevropaga “Shimoliy oqim” bo‘yicha gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi

Yevropaga “Shimoliy oqim” orqali Rossiya gazini yetkazib berish 11-21 iyul kunlari profilaktik ishlari sabab to‘xtatiladi.
Sputnik
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Yevropaga “Shimoliy oqim” bo‘yicha gaz yetkazib berish 11-iyul kuni Moskva vaqti bilan soat 7:00 da vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda RIA Novosti Nord Stream AG kompaniyasi ma’lumotlariga tayangan holda xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, yetkazib berish kompaniyaning profilaktik ishlari sabab to‘xtatilgan. Quvurlarning mexanik qismlari va avtomatizatsiya tizimlari sinovdan o‘tkaziladi. Texnik ishlari 21-iyul kuni yakunlanishi kutilmoqda.
Bu davr davomida Rossiya gazi G‘arbiy va Markaziy Yevropaga Ukraina orqali faqat tranzit yo‘li bilan yetkazib beriladi.