Saidoqub Qahramonov UFC’dagi ikkinchi g‘alabasiga erishdi – video

O‘zbekistonlik yakkakurashchi UFC’dagi navbatdagi jangida amerikalikni mag‘lub etdi.
Sputnik
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. AQShning Las-Vegas shahrida UFC Vegas 58 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Unda o‘zbekistonlik yakkakurashchi Saidoqub Qahramonov (10-2) ishtirok etib, amerikalik raqibi Ronni Lourens ustidan (8-2) g‘alaba qozondi. Uch raund davom etgan jang Qahramonovning ustunligida o‘tdi va sportchi ochkolar evaziga raqibidan ustun keldi.
Shu tariqa o‘zbekistonlik yakkakurashchi UFC’dagi navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Qahramonov UFC’dagi debut jangini Guam vakili Trevin Jonsga qarshi o‘tkazib, raqibini bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etgan edi.
Ma’lumot uchun, Saidoqub Qahramonov 1995-yilning 14-noyabrida Samarqandda tug‘ilgan. Sportchi professional MMA’da o‘nta jang o‘tkazib, ularning 8 tasida g‘olib bo‘lgan va ikkita jangda yengilgan.