TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Rossiya bilan rostakamiga hisoblashishni boshlashganini ma’lum qildi. Bundan, xususan, G‘arb tomonidan Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalar dalolat beradi.
Medvedevning ta’kidlashicha, Donbass fuqarolarini himoya qilish va Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilishdan iborat maxsus harbiy operatsiyaning oldiga qo‘yilgan barcha maqsadlariga erishiladi.
“Biroq allaqachon hal qilingan yana bitta vazifa ham bor. Rossiya bilan rostakamiga hisoblashisha boshlashdi. Sovet Ittifoq bilan bo‘lgani singari. Sanksiyalar to‘plamiga qaraganda, ayrim narsalarda yanada jiddiyroq”, - deya yozdi u o‘zining telegram kanalida.
Medvedev mamlakat bilan hisoblashishlari va uni hurmat qilishlari muhimligini ta’kidlagan.
“Buyuk Rossiya aynan shunday bo‘lmog‘i zarur”, - deya xulosa qilgan siyosatchi.