JARdagi otishmada 14 kishi halok bo‘ldi

Voqea Soueto shaharchasidagi barlardan birida shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Janubiy Afrika Respublikasining Yoxannesburg shahri chekkasidagi barlardan birida ro‘y bergan otishma vaqtida kamida 14 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti eNCA telekanaliga tayangan holda xabar bermoqda.
Voqea Soueto shaharchasida shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, yana 10 kishi yarador bo‘lgan, ulardan uch nafarining ahvoli og‘ir.
Mahalliy politsiya voqea sabablarini o‘rganmoqda.