O‘zbekistonda 98 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 98 nafarga ko‘paydi.
Sputnik
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 98 nafarga ko‘payib, 241 566 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 4 nafari Andijon viloyatida, 5 nafari Buxoro viloyatida, 7 nafari Jizzax viloyatida, 6 nafari Qashqadaryo viloyatida, 6 nafari Navoiy viloyatida, 5 nafari Namangan viloyatida, 8 nafari Samarqand viloyatida, 6 nafari Sirdaryo viloyatida, 7 nafari Surxondaryo viloyatida, 5 nafari Farg‘ona viloyatida, 3 nafari Xorazm viloyatida, 8 nafari Toshkent viloyatida, 23 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 nafar, Andijon viloyatida 4 nafar, Jizzax viloyatida 8 nafar, Navoiy viloyatida 6 nafar, Namangan viloyatida 5 nafar, Sirdaryo viloyatida 2 nafar, Surxondaryo viloyatida 5 nafar, Farg‘ona viloyatida 5 nafar, Toshkent viloyatida 4 nafar, Toshkent shahrida 26 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 238 582 (+68) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 %ni tashkil etmoqda.