Moskva futbol klubi O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi bilan shartnoma imzoladi

Moskva futbol klubi O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi bilan shartnoma imzoladi.
Sputnik
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Moskva futbol klubi O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi bilan shartnoma imzoladi.
21 yoshli Hojimat Erkinov “Torpedo”ga “Paxtakor” klubidan o‘tdi. Shartnoma uch yilga imzolandi. Transfer summasi oshkor qilinmadi.
Erkinov “Paxtakor” safida 60ta o‘yin o‘tkazib, 10ta gol urdi va 7ta golli uzatmani amalga oshirdi.
U O‘zbekiston terma jamoasi safida ham 11 ta o‘yin o‘tkazdi.