Rossiyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun tanlov o‘tkazildi

Tanlovda Rossiyadagi qurilish sohasida mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan 50 nafardan ortiq nomzod ishtirok etgan.
Sputnik
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Rossiyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun tanlov o‘tkazildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Guliston shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida viloyatdagi xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun Rossiya Federatsiyasining OOO “Velesstroy” kompaniyasiga (qurilish sohasi) onlayn tarzda bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov bo‘lib o‘tgan.
Rossiya Federatsiyasida "Pilot loyihasi" asosida qurilish sohasida mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan 50 nafardan ortiq nomzod ishtirok etgan.
Shundan 34 nafari kasbiy malaka va til bilish darajasiga ko‘ra suhbat asosida ish beruvchi vakillari tomonidan tanlab olingan.