Rossiya Ukrainada hali jiddiy hech narsa boshlagani yo‘q – Putin

Putinning so‘zlariga ko‘ra, Donbassdagi urushni Rossiya emas, Kollektiv G‘arb boshlagan.
Sputnik
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Rossiya Ukrainada hali jiddiy hech narsa boshlagani yo‘q, dedi mamlakat prezidenti Vladimir Putin kecha Davlat Dumasi rahbariyati va fraksiya rahbarlari bilan uchrashuvda. Uning so‘zlarini RIA Novosti keltirdi.

“Bugun bizni jang maydonida mag‘lub qilmoqchi ekanliklarini eshitamiz. Xo‘sh, nima deyman? Sinab ko‘rishsin. G‘arb biz bilan oxirgi ukrainalik qolgunicha jang qilmoqchi ekanini ko‘p eshitganmiz. Bu Ukraina uchun fojia. Lekin hamma bilishi kerak, biz, umuman olganda, hali jiddiy hech narsa boshlaganimiz yo‘q”, deya ta’kidladi Rossiya yetakchisi.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, Donbassdagi urushni Rossiya emas, Kollektiv G‘arb boshlagan. Aynan G‘arb siyosati tufayli dunyo tartibi buzilgan.
Shuningdek, Rossiya yetakchisi xorijda, jumladan Amerika Qo‘shma Shtatlarida Rossiyani qo‘llovchilar ko‘pligiga ishonch bildirdi.