Tabiiy boyliklarni qonunga xilof ravishda qazib olayotgan shaxs javobgarlikka tortildi

Unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobari miqdorida jarima belgilangan.
Sputnik
TOShKENT, 7-iyul - Sputnik. Samarqand viloyatidan oqib o‘to‘vchi Darg‘om kanali o‘zanidan qonunga xilof tarzda qora qum aralashmasini qazib olayotgan shaxs jarimaga tortildi. Bu haqda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, shu kunlarda Samarqand viloyati bo‘ylab yer osti va yer usti tabiiy boyliklarini noqonuniy talon-taroj etilishini oldini olish maqsadida ekologik reyd tadbirlari olib borilmoqda.
Samarqandda kanal o‘zanidan noqonuniy ravishda qora qum aralashmasini qazib olayotgan shaxs javobgarlikka tortildi
“Reyd tadbiri davomida Toyloq tumanining Do‘lta qishlog‘i hududidan oqib o‘tuvchi Darg‘om kanali o‘zanidan Badal qishlog‘ida yashovchi fuqoro E.A qonunga xilof tarzda o‘z boshqaruvida bo‘lgan texnika vositasi yordamida qora qum aralashmasini qazib olayotgani aniqlandi”, deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 70-moddasi 1-qismiga binoan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblashning 30 barobari miqdorida jarima belgilangan.