Bu qiziq

Qanday sabzavot soch to‘kilishini oldini oladi

Buyuk britaniyalik parhezshunos Rayan Raman soch to‘kilishini sekinlashtiradigan oziq-mahsulotlarni tavsiya qildi.
Sputnik
Parhezshunos Rayan Raman soch to‘kilishini sekinlashtiradigan oziq-mahsulotlarni tavsiya qildi. Express xabariga asosan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, avakado ayniqsa foydalidir. Mutaxassis ta’kidlashicha, uning tarkibida himoya qiladigan E vitamini mavjud bo‘lib, bir dona meva kunlik miqdorning 20 foizini o‘z ichiga oladi.
Soch to‘kilishining oldini olish uchun ratsionga batatni qo‘shishni maslahat berdi. Bu sabzavot beta-karotinning muhim manbai bo‘lib, soch o‘sishini tezlashtirish imkoniyatiga ega.
"Kerakli ozuqaviy moddalar bilan muvozanatli ovqatlanish sochlarning o‘sishiga yordam beradi, ayniqsa sochlar yomon ovqatlanish tufayli to‘kilish holatida", - deb xulosa qildi shifokor.