O‘zbekiston ilk bor YuNESKO boshqaruv organiga saylandi

O‘zbekiston YuNESKOdagi saylovda Yevropaning bir qator davlatlarini ortda qoldirdi.
Sputnik
TOShKENT, 7-iyul - Sputnik. O‘zbekiston birinchi marta YuNESKOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasiga a’zo bo‘ldi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“O‘zbekiston YuNESKO Bosh qarorgohida (Parijda) bo‘lib o‘tayotgan “Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi konvensiyaga a’zo bo‘lgan davlatlar Bosh assambleyasining 8-sessiyasida Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitaga a’zolikka saylandi”, deyiladi xabarda.
Uzbekistan vpervie izbran chlenom Mejpravitelstvennogo komiteta po oxrane nematerialnogo kulturnogo naslediya YuNESKO
Qayd etilishicha, YuNESKOning ikkinchi mintaqaviy saylov guruhida (Sharqiy Yevropa va MDHning ayrim davlatlari) ikkita bo‘sh o‘rin uchun beshta nomzod – O‘zbekiston, Bolgariya, Bosniya va Gersegovina, Slovakiya hamda Estoniya o‘zaro kurash olib borgan.
O‘zbekiston uchun eng ko‘p davlat ovoz bergan – 105. Boshqa raqobatchi davlatlar quyidagicha ovoz olgan: Slovakiya (94 – ikkinchi bo‘sh o‘ringa saylangan), Estoniya (69), Bolgariya (26), Bosniya va Gersegovina (9).
Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitaning asosiy vazifalari - Konvensiya maqsadlarini ilgari surish, ilg‘or tajribalar bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish va nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish chora-tadbirlari bo‘yicha tavsiyalar berishdan iborat.
Uzbekistan vpervie izbran chlenom Mejpravitelstvennogo komiteta po oxrane nematerialnogo kulturnogo naslediya YuNESKO
Qo‘mita ishtirokchi-davlatlar tomonidan nomoddiy merosni ro‘yxatga kiritish to‘g‘risidagi so‘rovlarni, shuningdek, dasturlar va loyihalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqadi.
Qo‘mita xalqaro yordam ko‘rsatishga ham mas’uldir. Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mita Konvensiyani amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘radi, asosan, operativ ko‘rsatmalar to‘plamini va Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish rejasini ishlab chiqish Konvensiyaning 25-moddasida belgilangan. U ushbu hujjatlarni Bosh Assambleyaga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Hozirgi kunga qadar YuNESKO konvensiyasiga 180 ta davlat a’zo bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasi ushbu konvensiyaga 2008-yilda qo‘shilgan. Uning a’zolari 4-yil muddatga saylanadi. A’zolarning yarmi har 2-yilda qayta saylanadi.