Nukusda texnopark tashkil etiladi-prezident qarori

Yangi texnopark “Nukus” erkin iqtisodiy zonasidagi 30 gektar bo‘sh yer maydonida joylashadi.
Sputnik
TOShKENT, 7-iyul – Sputnik. Qoraqalpog‘istonda “Nukus texnoparki” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi. Bu haqda prezidentning PQ–306-sonli qarori qabul qilindi.
Texnopark “Nukus” erkin iqtisodiy zonasidagi 30 gektar bo‘sh yer maydonida 30-yil muddatga tashkil etiladi.
Xalqaro standartlarga muvofiq energiya tejamkor ekologik xavfsiz ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish Texnopark faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
2023–2024 yillarga mo‘ljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida Texnoparkning muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan kapital qo‘yilmalar limitlari ajratiladi.
Texnopark hududida mahalliy va xorijiy investorlar bilan uzoq muddatli o‘zaro manfaatli sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish orqali investitsiya faoliyatini rag‘batlantirish va rivojlantirish choralari ko‘riladi.