TOShKENT, 7-iyul – Sputnik. Buxoroda joylashgan madaniy meros obyektlari Islom olami madaniy merosi ro‘yxatiga olindi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.
Morokko qiroligida bo‘lib o‘tgan ICESCO (IslamiC World Educational, Scientific and Cultural Organization) 10 sessiyasida Buxorodagi 7 ta madaniy meros obyekti ro‘yxatga olindi va sertifikatlar topshirildi.
Islom olami madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan obidalar:
Ismoil Somoniy maqbarasi;
Chor Bakr;
Bahouddin Naqshband majmualari;
Mag‘oki Attor masjidi;
Poyi kalon ansambli;
Qadimgi Poykent shahri qoldiqlari;
Toshsaroy madrasasi.
“Mamlakat tarixiga oid obidalarning ICESCO ro‘yxatiga olinishi boy madaniy merosni butun dunyoga targ‘ib etishda katta ahamiyat kasb etadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, ICESCO islom olamining 9 sessiyasida Qo‘mitaga a’zo davlatlar tomonidan Islom olami merosi ro‘yxatiga kiritish uchun nomzodlar taklif etilgandi.
Unda O‘zbekistondan tashqari, Iordaniya(1ta), Eron (5 ta), Bangladesh (3 ta), Jazoir (1), Iroq (5 ta), Falastin (7 ta), Qatar (3 ta), Kamerun (1 ta), Liviya (16 ta), Misr (3 ta), Marokash (6 ta) davlatlarida joylashgan obidalar ham Islom Olami Merosi ro‘yxatiga kiritilgan.