TOShKENT, 7-iyul – Sputnik. Bahodir Yalangto‘shning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan tarixiy badiiy filmni suratga olinadi. Bu haqda O‘zbekiston Kinematografiya agentligi xabar berdi.
Samarqandning Registon maydonida Bahodir Yalangto‘sh haqidagi film taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Qayd etilishicha, film rejissori “Ilhaq” filmi orqali tanilgan Jahongir Ahmedov, Hasan Toshxo‘jayev esa ssenariy muallifi hisoblanadi.
“Afsuski, Bahodir Yalanto‘sh haqida kam ma’lumotga egamiz va O‘zbekiston Prezidentining shaxsiy topshirig‘iga binoan yaratilayotgan film, me’moriy merosimiz qanday yaratilganini odamlarga, ayniqsa, yoshlarga so‘zlab berishga qaratilgan”, deydi Jahongir Ahmedov.
Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqovning so‘zlariga ko‘ra, Samarqand qo‘shma filmlarni suratga olish joyiga aylandi. Tez orada bu yerda, o‘zbek-tojik kinoijodkorlari hamkorligida “Navoiy va Jomiy” filmini suratga olish ishlari boshlanadi.
Shuningdek, yaqin kunlarda, Samarqandda, ekshn janrida “Bu dunyoda menga joy yo‘q”deb nomlangan turk seriali ham suratga olinadi.
Ma’lumot uchun, Siyosiy va harbiy arbob Bahodir Yalangto‘sh 1576-yilda Nurota hokimi oilasida tug‘ilgan. XV asrda Mirzo Ulug‘bek tomonidan qurdirilgan madrasa yonida oradan ikki asr o‘tib, Bahodir Yalanto‘sh buyrug‘iga asosan Sherdor va Tillakori madrasalari qad rostlagan.