Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Xakerlar mingdan ortiq Ukraina razvedkachilari haqidagi ma’lumotlarni ochiqladi

Rossiya maxsus xizmatlaridagi manba RaHDIt xakerlari tomonidan joylashtirilgan ma’lumotlarning haqiqiyligini tasdiqladi.
Sputnik
TOShKENT, 6-iyul - Sputnik. Bugun, 6-iyul kuni RaHDIt Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasining minglab xodimlarining ma’lumotlarini ommaga e’lon qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
Rossiya maxsus xizmatlaridan biridagi manba RIA Novosti agentligiga Ukraina harbiy razvedkasi xodimlarining RaHDIt guruhi xakerlari tomonidan joylashtirilgan ma’lumotlarning haqiqiyligini tasdiqladi.
Oshkor qilinganlar orasida Rossiya, Hindiston, Avstriya, Vetnam, Janubiy Afrika, Italiya, Turkiya va Erondagi elchixona rezidentliklari vakillari bor.
Shuningdek, ro‘yxatda Polsha, Vengriya, Bolgariya va Slovakiyadagi harbiy razvedka kuratorlari, sabotaj bo‘yicha instruktorlar va maxfiy va kuch razvedkasi maxsus kuchlari vakillari haqida ma’lumotlar ham mavjud.
Xakerlarning fikricha, Kiyevdagi Ribalskiy orolidagi GUR markaziy boshqarmasi tarmoqlarini himoya qilishdagi kamchiliklar, shuningdek, foydalanuvchi xatti-harakatlarining xarakterli namunalari bo‘yicha katta ma’lumotlarni tahlil qilish ma’lumotlar bazasini shakllantirishga yordam bergan.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyida RaHDIt guruhi xakerlari iyun oyida Ukraina Xavfsizlik xizmatlarining 700 nafar xodimlarining ma’lumotlarini jamoatchilikka e’lon qilgan edi.
Undan tashqari xakerlar Ukraina Qurolli kuchlarining maxsus axborot bo‘linmalarining Qozog‘istondagi yanvar voqealariga aloqadorligi haqida ma’lumotlarga ega ekanliklarini ham ma’lum qilishgan edi.
Rossiyaning Ukrainada maxsus operatsiyasi boshlanganidan so‘ng xakerlar Ukraina hukumati mahalliy hokimiyatlarning 755 ta veb-saytlarini buzib kirgan edi.
Undan tashqari NemeZida xakerlar guruhi portalida Ukrainadagi millatchi tuzilmalarning 11 mingdan ortiq tarafdorlari haqida ma’lumot chop etgan edi.