TOShKENT, 6-iyul - Sputnik. Tretakov galereyasi va O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi o‘rtasida yangi hamkorlik shartnomasi imzolandi, deb xabar berdi RIA Novosti agentligiga Tretakov galereyasi direktori Zelfira Tregulova.
“Biz O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi bilan fundamental bazaviy shartnoma imzoladik. Yaqinda yana bir shartnoma imzoladik – Nukus shahridagigi Saviskiy nomidagi davlat san’at muzeyi kolleksiyasi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida. U yerda 1910-1930 yillarda yashab o‘tgan rus rassomlari asarlarining dunyodagi ikkinchi eng katta to‘plami saqlanadi", - deya aniqlik kiritdi agentlik suhbatdoshi.
Tregulovaning so‘zlariga ko‘ra, Nukus shahridagi muassasada 7000 ta rasm va 20000 varaq grafikalar saqlanadi.
Bu "ikkinchi to‘lqin rus avangardining ulkan va juda kam o‘rganilgan qatlami", deydi Tregulova.