Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiyaning antiqa quroli - anti-dron miltiq konstruktori bilan intervyu

"Stupor” – Rossiyaning dronlarga qarshi maxsus elektromagnit to‘lqinli quroli. Ilk bor Suriyada qo‘llanilgan ushbu vosita qanday paydo bo‘lgani va ayni damda Ukrainadagi maxsus operatsiyada muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 6-iyul – Sputnik. Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya zonasida Rossiyaning elektromagnit qurollari – "Stupor" dronlariga qarshi qurolning ishlatilgani haqidagi xabarlar shov-shuvga aylandi, deb yozmoqda RT.
RT "Stupor” konstruktori Dmitriy Klochkodan eksklyuziv intervyu olish imkoniga ega bo‘ldi.

— Dmitriy Vasilevich, qachon va nima uchun dronlardan himoya vositalari ustida ishlay boshladingiz?

- Bu juda tasodifiy sodir bo‘ldi. Men ma’lumotim bo‘yicha harbiy muhandisman, Jukovskiy nomidagi havo kuchlari muhandislik akademiyasi bitiruvchisiman. Nafaqaga chiqib, turli ilmiy-texnik tashkilotlarda ishlay boshlagan vaqtimda, 2015-yilda menga g‘ayrioddiy taklif bilan murojaat qilishdi: bir juda boy odamga, turli sabablarga ko‘ra, dronlardan himoya vositasi kerak bo‘lib qolgan. Ushbu texnik muammo menga muhandislik nuqtayi nazaridan qiziq tuyuldi va masalani o‘rganishga kirishdim.
Dastlab, 2,4 va 5,8 gGs maishiy chastotalarda ishlaydigan, ta’sir kuchi 300 metrgacha bo‘lgan birinchi dronlarga qarshi "miltiq" yaratdim.
Mijozning muammosi to‘liq hal bo‘ldi: raqib dronlari qo‘ndi, “hujumlar” to‘xtadi. Shundan so‘ng aholi orasida mish-mishlar tarqala boshladi va men bunday anti-dronlarni ishlab chiqarishga buyurtmalar ola boshladim.
"Stupor" - dronga qarshi "miltiq"
2016 yilda men ularni loyihalash va ishlab chiqarish uchun o‘z kichik kompaniyamni ochdim. Men va mening hamkasblarim kottejlar, yaxtalar, toifadagi obyektlarni himoya qilish uchun maxsus "Stupor" elektromagnit qurollarini yaratdik.

- Bunday qurollarning ishlash prinsipi qanday?

- Qurilmalar uchuvchisiz uchish apparatlarini otishmaydi yoki urib tushirmaydi. Qurilma dron va operator boshqaruv konsoli orasidagi aloqani uzadi, dronda sun’iy yo‘ldosh navigatsiya tizimlarining signallarini o‘chirib qo‘yadi.
Men o‘z kompleksimni dronlarni yerga tashlamaslikka, balki ularni “Stupor” operatori ko‘rsatgan joyga ehtiyotkorlik bilan qo‘ndirishga “o‘rgatganman”.

- Harbiy va maxsus xizmatlar sizning ushbu mahsulotingizga qiziqishmadimi?

— Biz, qurilmamiz qonunda belgilangan turli ta’qiqlar ostiga tushib qolmasligi uchun, boshidan sof fuqarolik sohasiga moslashtirishga harakat qildik. Ikkinchidan bizni mudofaa sanoatining “katta amakilari” yutib yuborishini ham istamagan edik.
Boshqa tomondan yirik sanoat korxonalari ham aksilg‘dron tizimlar bilan shug‘ullana boshladi, lekin hozirgacha ularning ishlanmalari seriyali ishlab chiqarishga o‘tgani yo‘q.
Pogonli kishilar, albatta bizning qurilmalarimizga qiziqish bildirishdi, lekin asosan ommaviy sport tadbirlarida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida. Masalan bizning “Stupor” 2018-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha Jahon chempionatining barcha stadionlarida xavfizlikni ta’minlashda ishtirok etgan.
Undan tashqari, harbiylar uni Suriyada ham sinovdan o‘tkazib, juda yaxshi xulosalar bildirishgan edi.

- Sizning qurilma Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyaga qanday kelib qoldi?

Bu biz o‘zimiz taklif qildik. Kursdoshlarim va qurolli kuchlardagi hamkasblarimning aytishicha, dushman dronlardan faol foydalanayotgani edi.
Men ularga qarshi turish uchun dronga qarshi quroldan foydalanishni taklif qildim. Ko‘ngillilar orqali DXRga 10ta “Supor” yubordim. Bilishimcha qurollar hamma joyda, yordam bergan, ular menga qo‘ng‘iroq qilishadi, yozishadi, maqtashadi va ko‘proq yuborishni so‘rashadi.

- Rasmiy qo‘mondonlikdan sharhlar bormi?

Albatta. Men hatto yuqori martabali harbiy rahbardan yana bir partiya “Stupor”ga rasmiy xat oldim. Biz uni tayyorlab jo‘natdik.

- O‘zingiz "Stupor" ni harakatda sinab ko‘rdingizmi?

- Bir necha kun oldin dushman bilan to‘qnash kelgan zonadan qaytdim. Front chizig‘ida jang qilayotgan yigitlar Ukraina tomonidan dronlar jadval bo‘yicha uchib kelishini yaxshi bilib qolishgan.
“Ko‘z o‘ngimda men olib kelgan "Stupor" yordamida jangchilar Ukraina dronini qo‘ndirishdi. Va qo‘ngan uchoqni miltiq qo‘ndoqlari bilan sindirib tashlashdi va xuddi Amerika sun’iy yo‘ldoshini orbitadan urib tushirgandek quvonishdi!
Drondan olingan flesh-disk juda qimmatli ma’lumotga ega bo‘lib chiqdi. Bu 21-iyundan 30-iyungacha hududning batafsil kartografik tekshiruvi edi. Dron qayerda uchgan bo‘lsa, u erda - bizning ham, dushmanning ham pozitsiyalarini suratga olgan edi. Bizning shtab va artilleriyachilarning quvonchi cheksiz edi!
"Stupor" - dronga qarshi "pistolet"

— Sizda yangi ishlanmalar bormi?

- Ha, bir nechta. Ular orasida avtomobillar va zirhli transport vositalariga o‘rnatish uchun moslamalar, dronga qarshi to‘pponcha ham bor.
— Sizningcha, "Stupor"ingizning maxsus harbiy operatsiya zonasidagi faoliyati ommaviy axborot vositalarida yoritilgandan so‘ng, ushbu mahsulot va siz e’lon qilgan yangi mahsulotlarni seriyali ishlab chiqarish boshlanadimi?
-Bilmayman. Bu savolga javob, harbiylar aytganidek, "mening okopimdan balandroqda". Bugungi kunda o‘z kuchimiz hisobidan homiylar mablag‘i hisobidan korxonamiz – sakkiz nafar xodim, shu jumladan men ham oyiga yuztagacha "Stupor" ishlab chiqarishga qodirmiz.
Dushman tomonidan uchuvchisiz apparatlar sonining ko‘payishi sababli, bunday elektromagnit moslama har bir moto-o‘qchi va havo desant vzvodi, artilleriya va havo mudofaasi tizimlarining har bir jangovar ekipajida bo‘lishi kerak.