TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Davlat Dumasi vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma (RVP), muqim yashash huquqini beruvchi ruxsatnoma (VNJ) bo‘yicha muhim o‘zgarishlarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini qabul qildi.
Eng asosiysi:
🔹 DXR, LXR, Ukraina, Qozog‘iston, Moldova fuqarolari RVPsiz VNJ olishlari mumkin;
🔹 DXR, LPR, Ukraina fuqarolari RVP yoki VNJ rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo‘yicha testdan ozod qilinadi;
🔹 Rossiyada akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim muassasalarida bakalavriat, mutaxassislik, magistratura, ordinatura yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotganlar shu asosda RVP olishlari mumkin. RVP o‘qish davri uchun beriladi, ko‘rib chiqish muddati 2 oy. O‘qish asosida RVP olganlar yillik bildirishnomani topshirishdan ozod qilinadi;
🔹 Fuqarolar o‘qishni tugatgandan so‘ng RVP olmasdan 3-yil ichida yoki agar o‘qishda davom etayotgan bo‘lsa, 8 oy yashashni kutmasdan RVP olgandan so‘ng darhol VNJ olish uchun ariza topshirishlari mumkin;
🔹 vizali davlatlar fuqarolari mamlakatda vaqtincha bo‘lish muddatini RVP, VNJ, rus tilida so‘zlashuvchi maqomiga ega bo‘lganlar (NRYa) uchun qabul qilingan hujjatlar asosida uzaytirishi mumkin;
🔹 Ishlash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan yoki o‘qiyotgan xorijliklar voyaga etmagan bolalari uchun migratsion ro‘yxatga olish muddatini uzaytirishi mumkin;
🔹 Vizasiz davlat fuqarolari IIV Migratsiya masalalari bo‘yicha bo‘limiga bildirishnoma bilan murojaat qilib, Rossiyadan chiqmasdan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun migratsiya kartasidagi “tashrif maqsadi”ni "ishlash"ga o‘zgartirishi mumkin. Tashrif maqsadini patent olish uchun ariza bergan vaqtda o‘zgartirish mumkin;
🔹 transport qatnovlariga cheklovlar qo‘yilgan taqdirda patentni ro‘yxatdan o‘tkazish muddati haqidagi talab bekor qilinadi;
🔹 Patent berishni ko‘rib chiqish muddati chet el fuqarosida STIR bo‘lib, uni arizada ko‘rsatgan bo‘lsa 5 ish kunidan oshmaydi, STIRsiz ko‘rib chiqish muddati - 10 ish kuni tashkil qiladi;
🔹 Tashrif maqsadini "ishlash"ga o‘zgartirgan vaqtda barmoq izlarini topshirish, suratga tushish va tibbiy ko‘rikdan o‘tish kerak;
🔹 Ishga kelganlar yiliga bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart;
🔹 Talabalar kasbiy ta’lim tashkilotlarida ishlashi mumkin;
🔹 RVP yoki VNJ bekor qilingan taqdirda, ular 15 kun ichida Rossiyadan chiqib ketishlari kerak;
Qonun loyihasi hali Federatsiya Kengashi tomonidan tasdiqlanishi, prezident tomonidan imzolanishi va rasman e’lon qilinishi kerak, shundan so‘ng qonun 6 oy ichida kuchga kiradi.