O‘zbekiston Rossiya biznesi uchun eng ochiq va istiqbolli bozor - Zligostev

Sputnik
TOShKENT, 6-iyul - Sputnik. Ayni damda O‘zbekiston Rossiya biznesi uchun sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish nuqtayi nazaridan eng ochiq va istiqbolli bozor, dedi Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili Konstantin Zligostev Yekaterinburgda bo‘lib o‘tayotgan "INNOPROM-2022" xalqaro ko‘rgazmasiga tashrifi doirasida.
Ayni damda O‘zbekiston Rossiya biznesi uchun eksport yetkazib berishni diversifikatsiya qilish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish nuqtayi nazaridan eng ochiq va istiqbolli bozor hisoblanadi, dedi Zligostev.
Ko‘rgazma doirasida Rossiya savdo vakili O‘zbekiston bozoriga kirishning o‘ziga xos jihatlari bilan tanishish istagida bo‘lgan rus kompaniyalari bilan 30 dan ortiq uchrashuvlar o‘tkazdi.
Zligostev tulalik tadbirkorlarning bank hisob-kitoblari, sertifikatlashtirish va mamlakatimizning asosiy ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq savollariga javob berdi.
Tula viloyati stendiga tashrif buyurib kompaniya vakillari bilan ishchi uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvda asosan Tulalik iurilish korxonalari ishtirok etdi. Ma’lumki, bugungi kunda quririlish sohasi O‘zbekiston iqtisodiyotining eng ustuvor tarmoqlaridan biridir.