Nurdinjon Ismoilov Valentina Matviyenko bilan uchrashdi

Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida uch yuz ellikka yaqin hujjatdan iborat mustahkam shartnomaviy-huquqiy baza yaratildi.
Sputnik
TOShKENT, 6-iyul – Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov Rossiya Federatsiyasi kengashi spikeri Valentina Matviyenko bilan uchrashdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi kengashi xabar berdi.
Nurdinjon Ismoilov o‘z so‘zida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanib borayotganini, keng ko‘lamli o‘zaro hamkorlikda sezilarli natijalarga erishilgani haqida to‘xtalib o‘tdi.
Valentina Matviyenkoning ta’kidlashicha, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi parlament hamkorligi doimo ishchanlik va do‘stona muhitda o‘tmoqda.
“Parlament diplomatiyasini rivojlantirish davlat va hukumat rahbarlari o‘rtasidagi aloqalarni to‘ldiruvchi Rossiya va O‘zbekiston hamkorligining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida uch yuz ellikka yaqin hujjatdan iborat mustahkam shartnomaviy-huquqiy baza yaratilgani biz uchun muhim”, deydi Matviyenko.
U shuningdek, bu yil parlament faoliyati MDHga a’zo davlatlar Parlamentlararo assambleyasining 30-yilligi ostida olib borilayotganini eslatib o‘tdi.
“Biz O‘zbekistonning Toshkentda 27-28 oktabr kunlari MDHga a’zo davlatlar Parlamentlararo assambleyasining 30-yilligiga bag‘ishlangan sessiyasini o‘tkazish bo‘yicha tashabbusini yuqori baholaymiz”, deya qo‘shimcha qildi Matviyenko.
Uchrashuvda shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida ilgari imzolangan davlatlararo kelishuvlar ijrosi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish masalasiga ham e’tibor qaratildi.