TOShKENT, 5-iyul – Sputnik. Amerika askarlari Ikkinchi jahon urushida kurashgan hamma narsa yo‘q bo‘lib ketdi va AQSh bugun “do‘zax tomon ketmoqda”. Bu haqda AQSh dengiz piyodalari faxriysi Karl Dekel “Fox13” telekanaliga bergan intervyusida aytdi.
“Bizda men katta bo‘lganimda bo‘lgan davlatimiz yo‘q, umuman yo‘q", dedi Dekel.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda amerikaliklar o‘zlarini o‘rab turgan narsalarni qadrlamaydilar.
"Endi qilgan ishlarimiz, nima uchun kurashganimiz va buning uchun qurbon bo‘lgan yigitlarimiz mehnati barbod bo‘layotganidan juda xafaman. Mamlakatimiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri do‘zaxga qarab ketmoqda", deb yig‘lab yubordi faxriy.
Shuningdek, u urush paytida vataniga xizmat qilish uning hayotidagi eng muhim narsa ekanligini qo‘shimcha qildi.
Bir necha hafta oldin Dekel o‘zining yuz yillik yubeleyini nishonladi, u “Kumush yulduz” medali sohibi.
Eslatib o‘tamiz, AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp so‘nggi ikki yil ichida Qo‘shma Shtatlari “kulgi”ga aylanganini aytgandi. Oq uyning sobiq rahbari amaldagi yetakchi Jo Bayden va uning ma’muriyatini Vashingtonning jahon sahnasida iqtisodiy hamda siyosiy ustunligini yo‘qotganlikda ayblab, qattiq qoralagan.