TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (ShHT MATT) Ijroiya qo‘mitasi o‘z saytida Qoraqalpog‘iston Respublikasida sodir bo‘lgan voqealar munosabati bilan bayonot e’lon qildi.
"ShHT MATT Ijroiya qo‘mitasi aksilkonstitutsiyaviy ko‘rinishlar va ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga urinishlarni qoralab, tinchlikni saqlash, xavfsizlik va barqaror taraqqiyot tarafdori ekanini bildirib, joriy yil 1-iyul kuni Qoraqalpog‘istonda sodir etilgan voqealar munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan qonunchilik va tartibni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, millatlararo totuvlik hamda ko‘p millatli o‘zbek zaminida barcha xalqlarning tinch-totuv yashashini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashini bildiradi", - deyiladi hujjatda.