MO rahbarlari Qirg‘izistonda uchrashadi

Markaziy Osiyo davlatlarining barcha rahbarlari ushbu tadbirda ishtirok etish bo‘yicha taklifini allaqachon qabul qilishgan.
Sputnik
TOShKENT, 5-iyul – Sputnik. 21 iyul kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to‘rtinchi maslahat uchrashuvi Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Qirg‘iziston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
“Markaziy Osiyo davlatlarining barcha rahbarlari ushbu tadbirda ishtirok etish bo‘yicha taklifini allaqachon qabul qilishgan”, deyiladi xabarda.
Aytilishicha, uchrashuvga tayyorgarlik va kun tartibi haqida Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarovning dushanba kungi telefon orqali muloqoti davomida so‘z borgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili 5-6 avgust kunlari Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi Turkmanistonda bo‘lib o‘tgandi. Unda Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida oziq-ovqat, savdo va transport, madaniyat va turizm sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga doir takliflarni ilgari surgan edi.