Bugun nisbatan salqin ob-havo bo‘ladi

Poytaxtda kunning birinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi, shamol 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 5-iyul – Sputnik. Bugun O‘zbekistonning barcha hududlarida havo harorati maksimumi +30 +35 darajadan oshmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Aytilishicha, kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Faqat Toshkent, Namangan viloyatlarida kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi, ba’zida shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +30-35daraja bo‘ladi.
Poytaxtda kunning birinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi, shamol 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati +30 daraja atrofida bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi. Ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi, ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +15-20 daraja bo‘ladi.