Xurgadada yana bir ayol akulaning qurboni bo‘ldi

Kurord hududida suzish taqiqlanishiga qaramay, akula hujumida halok bo‘lgan yana bir ayol haqida rasmiy izoh berildi.
Sputnik
TOShKENT, 4-iyul – Sputnik. Misrning Xurgada kurortida akula yana bir sayyohga hujum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Misr atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi Xurgada hududida akula hujumining yana bir qurboni haqida ma’lumot berdi. Aytilishicha, hozirda ekspertlar akula xatti-harakati sabablarini aniqlash uchun ma’lumot yig‘ishmoqda.
Atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Yasmin Fuad Xurgadadagi Saxl-Xashish kurorti hududida suzayotgan ikki ayolga akula hujum qilgani haqidagi ma’lumotni olganidan so‘ng darhol Qizil dengiz qo‘riqxonalari mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzishni topshirdi”, deyiladi xabarda.
Bu voqea yuzasidan Misr rasmiylarining birinchi rasmiy izohidir.
Vazirlik o‘z izohida ikki qurbonning oilalariga hamdardlik bildirdi.
O‘z navbatida, Qizil dengiz provinsiyasi gubernatori voqea sodir bo‘lgan dengiz hududida har qanday faoliyatni taqiqlashni buyurdi.
Ma’lumot uchun, Misr OAVda so‘nggi bir necha yil ichida katta oq akulalar faoliyati haqida hech qanday ma’lumot qayd etilmagan edi.
2010 yilning dekabr oyida Sharm al-Shayx kurort shahri yaqinida dam oluvchilarga akula tomonidan besh marta hujum bo‘lgan. Unda Germaniya fuqarosi halok bo‘lib, to‘rt sayyoh- uch nafar Rossiya va bir nafar Ukraina fuqarosi yaralangan. Ushbu hujumlar tufayli rasmiylar bir muddat dam olish maskani plyajlarini yopishga majbur bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, Xurgada kurortida akula sayyohga hujum qilganidan so‘ng, uch kun davomida Sahl Hashish hududidan Makadi ko‘rfaziga suzish, sho‘ng‘in, suvda suzish va baliq ovlash taqiqlandi.