TOShKENT, 4-iyul – Sputnik. Samarqand shahrida turizm ko‘chalarini bir-biri bilan bog‘lovchi yangi taksi yo‘nalishi ochildi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi xabar berdi.
Aytilishicha, Samarqand shahridagi turizm ko‘chalarini bir-biri bilan yangi 1-sonli “Registon maydoni – Bozorov ko‘chasi” taksi yo‘nalishi bog‘laydi.
“Registon maydonidan boshlangan yo‘nalish Registon, Universitet xiyoboni, Orzu Mahmudov, O‘zbekiston, A.Jomiy, A.Temur, Shohrux Mirzo, Mirzo Ulug‘bek, Ogahiy nomi bilan ataluvchi ko‘chalar orqali "Bozorov" ko‘chasida yakunlanadi”, deyiladi xabarda.
Ushbu yo‘nalishda Changan MIDIBUS G60 rusumli transport vositalari yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.
Yo‘l haqi 3000 so‘mni tashkil qiladi.