TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Prezident farmoniga muvofiq, 2022-yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan. Shunga ko‘ra, Qurbon hayiti bayrami davomida ish haftasining turidan qat’i nazar 4 kun dam oladi.
Jumladan:
9 iyul (shanba) – Qurbon hayiti bayrami;
10 iyul (yakshanba) – dam olish kuni;
11 iyul (dushanba) – barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
12 iyul (seshanba) – 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun 16-iyul (shanba) dan ko‘chirilgan dam olish kuni.