O‘zbekistonlik taekvondochilar Osiyoda eng kuchli o‘nlikka kirdi

Osiyo chempionatining yangilangan reytingda Charos Qayumova ayollar tasnif jadvalida ilk bor peshqadamga aylangan taekvondochi bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 4-iyul – Sputnik. Koreya Respublikasi mezbonlik qilgan Osiyo chempionatidan so‘ng taekvondochilarning yangilangan reytingi e’lon qilindi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Aytilishicha, yangilangan reytingda Charos Qayumova ayollar tasnif jadvalida ilk bor peshqadamga aylangan taekvondochiga aylandi.
Shuningdek, qit’a birinchiligida muvaffaqiyatli ishtirok etgan boshqa vakillar ham o‘z o‘rinlarini mustahkamlab olishdi.
Umumiy hisobda kuchli o‘nlikka jami 6 nafar sportchi kirdi.
Erkaklar
-63 kg:
1. Xoan Kala (Ispaniya) - 140.74 ochko,
13. Niyoz Po‘latov (O‘zbekiston) - 64.90
-68 kg:
1. Bredli Sinden (Buyuk Britaniya) - 293.44
2. Ulug‘bek Rashitov (O‘zbekiston) - 262.31
-74 kg:
1. Daniel Kesada (Ispaniya) - 132.58
10. Jasurbek Jaysunov (O‘zbekiston) - 80.40
-80 kg:
1. Maksim Xramsov (Rossiya) - 304.34
9. Shuhrat Salayev (O‘zbekiston) - 141.13
-87 kg:
1. Migel Soaresh (Braziliya) - 190.64
13. Nikita Rafalovich (O‘zbekiston) - 61.60
+87 kg:
1. Vladislav Larin (Rossiya) - 259.96
25. Shohruh Rajabov (O‘zbekiston) - 56.87
Ayollar
-53 kg:
1. Charos Qayumova (O‘zbekiston) - 126.84
2. Tatyana Minina (Rossiya) - 116.70
-62 kg:
1. Karolayn Santos (Braziliya) - 202.24
4. Feruza Sadikova (O‘zbekiston) - 111.71
+73 kg:
1. Byanka Uolkden (Buyuk Britaniya) - 352.07
7. Svetlana Osipova (O‘zbekiston) - 156.07.