TOShKENT, 4-iyul – Sputnik. Tojikistonning Dushanbe shahrida ayollar futboli bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Chempionat uch hafta davom etadi. Bu haqda SputnikTojikiston xabar berdi.
Qayd etilishicha, turnirda O‘zbekiston, Eron, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston terma jamoalari ishtirok etadi.
Ayollar terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlar 6-21 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi ya’ni uch hafta davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston joriy yilning 15-28 avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan 2022-yilgi ayollar futbol chempionatiga mezbonlik qiladigan ikki davlatdan biriga aylangan.