No‘mon Gasanov "Istaravshan" futbol klubiga murabbiy bo‘ldi

Reza Parkas jamoadagi qator mag‘lubiyatlardan so‘ng iste’foga chiqdi.
Sputnik
TOShKENT, 4-iyul – Sputnik. O‘zbekistonlik mutaxassis No‘mon Gasanov Tojikistonning "Istaravshan" futbol klubiga murabbiy bo‘ldi.
Sug‘d viloyati futbol federatsiyasi matbuot kotibi Axliddin Yunusov Sputnik Tojikiston muxbiriga ma’lum qilishicha, Gasanov joriy mavsum oxirigacha bosh murabbiy lavozimida faoliyat olib boradi.
Uning qo‘l ostidagi futbolchilar allaqachon ikkita uchrashuv o‘tkazishgan.
Klubning sobiq bosh murabbiyi Reza Parkas asli eronlik, Germaniya fuqarosi bo‘lib, jamoadagi qator mag‘lubiyatlardan so‘ng iste’foga chiqdi.
Ma’lumot uchun, “Istaravshan” Tojikistondagi eng qadimgi futbol klublaridan biri hisoblanadi.