Mirziyoyev va Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi - ko‘rib chiqilgan masalalar

Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Sputnik
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida Qozog‘iston prezidenti davlat rahbari tomonidan Qoraqalpog‘istonda qonunga zid xatti-harakatlarga chek qo‘yish, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha ko‘rilgan qat’iy chora-tadbirlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatladi.
O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish nuqtayi nazaridan ko‘p tomonlama va mintaqaviy hamkorlik yuzasidan ham fikr almashildi.
O‘tgan hafta Bishkek shahrida o‘tgan O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston hukumat delegatsiyalarining Qambarota GES-1 qurilishi loyihasi bo‘yicha uch tomonlama muzokaralarining natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi.