Bu qiziq

Kuniga qancha yong‘oq yeyish mumkin - parhezshunos tavsiyasi

Shifokorlar kuniga qancha yong‘oq yeyish mumkinligini aytishdi
Sputnik
Sutkada 60 grammdan ortiq bo‘lmagan miqdorda yong‘oq iste’mol qilish tavsiya etiladi. Bu haqda “AiF”ga Federal ovqatlanish va biotexnologiya ilmiy markazining ovqatlanish mutaxassisi, tibbiyot fanlari nomzodi Natalya Denisova o‘z fikrlarini aytdi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, yuz gramm yong‘oq - 500-600 kaloriya bo‘lib, bu keragidan ortiq miqdor deb hisoblanadi. Bunday miqdor oshqozon va ichakda noxush alomatlarni keltirib chiqarishi mumkin, deydi shifokor.
Erkaklar uchun xavfli mahsulotlar: seksolog tavsiyalari
Parhezshunos ta’kidlashicha, odamga kuniga 30-50 grammdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda yong‘oq iste’mol qilish tavsiya etiladi. Bu meyordan oshirish qaddiqomatga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Shifokor faqat 10-12 dona funduk yoki bodom, bitta osh qoshiqdan ortiq miqdorda kedr yong‘og‘ini yeyishni maslahat berdi.
Shu bilan birga, Denisova yong‘oqning foydali xususiyatlari haqida gapirdi va ovqatlanish ratsionida albatta bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
Diyetologning so‘zlariga ko‘ra, yong‘oq, uning tarkibida yog‘ borligiga qaramay, "yomon" xolesterin miqdorini pasaytirishi mumkin.
Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, ekspert 60-70 yoshdagi odamlarda yong‘oq ateroskleroz xavfini kamaytirganini ta’kidladi.
Shifokor yong‘oq yurak uchun samarali malham ekanligini ta’kidladi. Uning tarkibida katta miqdordagi omega-3 yog‘ kislotalari mavjud. Bu modda yurak va qon tomirlari uchun juda foydali hisoblanadi.