TOShKENT, 4-iyul – Sputnik. 9-18 avgust kunlari Turkiyaning Konya shahrida o‘tadigan V Islom birdamligi o‘yinlarining jamoaviy sport turlariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Qur’a yakuni bo‘yicha mamlakat jamoalari musobaqaning guruh bosqichida quyidagi raqiblarga qarshi bahs olib borishadi:
Gandbol “A” guruhi: Senegal, Bangladesh, Turkiya, O‘zbekiston;
Voleybol “A” guruhi: O‘zbekiston, Indoneziya, Turkiya, Eron.
Aytilishicha, dastlab faqatgina gandbol va basketbol 3x3 bo‘yicha ayollar jamoalari ushbu turnirda ishtirok etishlari e’lon qilingan. Keyinchalik voleybol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar jamoasiga ham bo‘lajak Islom birdamligi o‘yinlarida qatnashish uchun taklif kelgan.
Ma’lumot uchun, reglamentga ko‘ra, basketbol 3x3 dasturida qur’a jamoalarning reytingidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi va natija tez orada xalqaro tashkilot saytida e’lon qilinadi.