Rossiyaning xalqaro obro‘-e’tibori va oddiy hamda yadroviy qurollanish sohasida texnologik ustunligi hech kimga Moskvaga tashqi siyosatning uydirma qoidalarini iddao qilish va sanksiyalarni jazosiz qo‘llash imkonini qoldirmaydi. AQSh va NATOning Rossiyaga qarshi jazavasida qanday mamlakat bo‘lmasin ishtirok etishi ko‘p qutbli dunyo haqiqatlariga og‘riqli qaytishning boshlanishiga olib keladi.
G‘arb xavotirda: Rossiya Vilnyus va G‘arbga bosim o‘tkazish, kerak bo‘lsa, Boltiq dengizida NATO flotiliyasini cho‘ktirish uchun Kaliningradda “dahshatli egizaklar”- mobil qirg‘oq raketa komplekslari (BRK) “Bal” va “Bastion” ni joylashtiradi. Bunda his-tuyg‘ularsiz “qasos”ning sababi, oqibatlari va ehtimolini ko‘rib chiqish muhim.
Alohida Boltiq limitroflarning quruqlik va dengizda Kaliningrad viloyatini AQSh va YeI ning BMT Nizomiga tashqarida Rossiyaga qarshi noqonuniy sanksiyalar asosida qamal qilishga harakatlari - urush e’lon qilishga teng. Shu sababli Vilnyusga bir nechta noto‘g‘ri qadamlar qo‘yish kifoya bo‘lib qoladi. Biroq, “Bal” va “Bastion” qirg‘oq mobil komplekslari Rossiya yaqinidagi dengizlarni doimiy ravishda nazorat qiladi va jiddiy sabablarsiz kemaga qarshi raketalar uchmaydi.
Boshqa tomondan, shunga o‘xshash komplekslar uzoq vaqtdan buyon NATO davlatlarining Boltiqbo‘yi sohillarida Rossiya dengiz floti kemalariga tahdid sifatida bor. Alyans davlatlari rahbarlari 30-iyun kuni Madridda Rossiyaga qarshi yangi jang strategiyasini qabul qildi va NATOning navbatdagi sammiti Vilnyusda -Rossiya chegarasidan 150 km uzoqlikda (Kaliningrad viloyatida) bo‘lib o‘tadi.
Bir paytning o‘zida Qora dengiz mintaqasida Shimoliy Atlantika alyansi Kiyev rejimiga Amerika, Norvegiya va Fransiyasining kemaga qarshi raketalari yangi modifikatsiyalari Harpoon, NSM va Exocetni butun qatorini qirg‘oqbo‘yiga yetkazib berish orqali o‘zining tajovuzkor nutqini qat’iy ravishda ilgari surmoqda.
Xolbuki, bunda Rossiya manfaatlari aslo hisobga olinayotgani yo‘q. Vaholanki, bu Yevropada barqarorlik va xavfsizlik darajasini siyosiy, iqtisodiy, texnologik jihatdan belgilaydi. Texnologik jihat hatto Rossiya Federatsiyasi AQSh, Norvegiya va Fransiyada ishlab chiqarilgan “jangovar” kemaga qarshi raketalarning imkoniyatlari taqqoslanganda ham ayon bo‘ladi.
NATO autsayderlari
Rossiya qirg‘oqlarining “ko‘p qatlamli” mudofaasi tandemda ishlaydigan “Bal” va “Bastion” mobil ballistik raketa tizimlari tomonidan ishonchli ta’minlanadi. “Bal” kompleksining jangovar qobiliyatlari dushman kemalarini X-35U raketalari bilan 500 km dan ortiq masofada urish imkonini beradi. Boshqaruv tizimi quruqlikdagi nishonlarni ham ko‘radi. Zarurat tug‘ilganda, X-35U Kaliningraddan Shvetsiya, Daniya, Germaniya, Polsha va Boltiqbo‘yi mamlakatlariga uchadi.
“Bastion” kompleksining 800 km masofali bo‘lgan tovushdan tez (soatiga 2500 km gacha) yuqori aniqlikdagi “Oniks-M” raketalari yanada qudratliroq - ular Boltiqbo‘yi qirg‘oqlaridan Xelsinki, Oslo, Praga, Vena, Finlyandiya, Norvegiya, Lvov 300 kilogrammli jangovar kallak bilan yeta oladi. Va bu mubolag‘a emas, “Oniks”lar Suriyada va Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi davomida o‘z qobiliyatlari yaxshi namoyish etishdi.
Yurituv tizimi kombinatsiyalashgan - inersial va faol radiolokatsion (oxirgi bosqichida). Bir zalpli raketalar nishonlarni muhimligi bo‘yicha mustaqil ravishda tasniflash va taqsimlash, hujum taktikasini tanlash va dushman havo mudofaasini tizimlaridan qochishga qodir. Rossiyalik hamkasblari bilan taqqoslanish G‘arba ishlab chiqarilgan kemaga qarshi raketalar uchun halokatli.
Amerikaning Harpoon- modernizatsiya qilingan kemaga qarshi raketasi eng ilg‘ori bo‘lib, 225 kg og‘irlikdagi jangovar kallak bilan soatiga 850 km tezlikda 220 km gaqa bo‘lgan nishonni urishga qodir. (Bu G‘arbning diapozon va massa jihatdan texnologiya chegarasi). Norvegiyaning NSM (Naval Strike Missile) qirg‘oq raketasi va Fransiyaning Exocet kemaga qarshi raketalari 1100 km/soat tezlikka mos ravishda 120 kg va 150 kg jangovar kallaklarni olib yuradi. Ta’kidlash joiz, NATOning uchta mahsuloti kam tovushdan past bo‘lib, kamroq kuchli jangovar kallaklarga ega.
Jangovar foydalanishga kelsak, nisbatan yangi NSM hamon olovli nuqtalarda foydalanilmagan. Harpoon kemaga qarshi raketa tizimi Amerikaning “Cho‘l bo‘roni” operatsiyasi paytida (1991) “kichik nishonlarni havo radarlari yordamida aniqlashdashdagi qiyinchiliklar tufayli” 40 km gacha bo‘lgan masofada ishlatilgan. Shu bilan birga, raketa kichik kemaning yon tomoniga tegadigan darajada pastga tusha olmadi, ustki tuzilmani teshib o‘tdi va nishon ustidan uchib o‘tib portladi.
“Exocet” kemaga qarshi raketalaridan birinchi jangovar foydalanish 1982-yilda Folklend orollari bo‘yicha Britaniya-Argentina mojarosida bo‘lib o‘tgan. Argentinaning ikkita raketa tashuvchi samolyoti 37 km masofada “Sheffild” esminetsiga va Britaniya dengiz flotining “Plimut” fregatiga hujum qildi. Raketalardan birining faol radiolokatsion kallagi “Sheffild”ni 12 km masofada tutib oldi, suvdan 2 metr balandlikka tushdi, suv chizig‘idan 1,8 metr balandlikda yon tomonni teshdi, lekin korpus ichida portlamadi - kontaktli portlagich ishlamay qoldi. Ikkinchi raketa yo‘qolgan.
1987 yil 17-maydagi voqea ham qizikarli. Unda Eronning “Miraj” qiruvchilari ikkita Exocet raketasini Amerikaning “Stark” fregatiga yo‘naltirgan. Ikkita raketa ham fregat bortiga kelib tushgan, biroq faqat bittasi portlagan.
Ehtimol, Ukraina NATOning yuqorida nomlari keltirilgan raketalarini ham qabul qilar. Biroq bu ularning muammolarini hal qilmaydi. Agar nishonlarni ko‘rsatish bo‘yicha amerikaliklar yordam berishsa, kemaga qarshi raketalardan foydalanish uchun esa Ukraina Qurollari Kuchlari mutaxassislar tayyorlashi kerak. Kollektiv G‘arb NATO modifikatsiyalarini yetkazish bilan “bug‘doy olib ketish maqsadida Ukraina bortlarini ochish” uchun emas, (aslida buni Dunay bo‘ylab yoki temir yo‘lda olib ketish osonroq), balki Nikolayev va Odessa viloyatlarini ozod etishda Rossiyaga xalaqit bermoqchi.