Toshkentda “Tolibon”* vakillari bilan muzokaralar o‘tkazilmoqda

50 nafarga yaqin afg‘on tadbirkorlari Toshkentga keldi.
Sputnik
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. 50 nafarga yaqin afg‘on tadbirkorlari Toshkentga keldi. Bu haqda Afg‘oniston Savdo-sanoat palatasi rahbari o‘rinbosari Xayriddin Mayal TOLOnews’ga ma’lum qildi. Sputnikaf.
Tolibon* savdo vaziri v.b. Nureddin Aziziy boshchiligidagi delegatsiya tarkibiga ushbu tuzilma hamda shu kabi maqomdagi tarmoq birlashmalari vakillari ham kiritilgan.
Tomonlar savdo aloqalarini mustahkamlash, Afg‘oniston mahsulotlarining O‘zbekiston bozorida marketing strategiyasini shakllantirish, investitsiyalarni jalb etish masalalarini muhokama qilmoqda, deb xabar qildi @ sputnikaf.
* tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida