Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Shoygu Putinga LXR to‘liq ozod qilingani haqida axborot berdi

Mudofaa vaziri Shoygu Putinga LXR to‘liq ozod qilingani haqida axborot berdi.
Sputnik
Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Lugansk xalq respublikasi hududi ozod qilingani haqida axborot berdi.
“Bugun, 2022-yil 3-iyul kuni Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Oliy qo‘mondoni Vladimir Putinga Lugansk Xalq Respublikasi to‘liq ozod qilingani to‘g‘risida axborot berdi”, — deyilgan MV xabarida.
Kuni kecha Rossiya harbiylari va LXR xalq militsiyasi jangchilaridan iborat ittifoqchi kuchlar Ukraina xavfsizlik kuchlari nazorati ostida bo‘lgan sobiq Lugansk viloyatining oxirgi shahri Lisichanskni qurshab oldi.
O‘tgan kun davomida ozod qilingan hududlarning umumiy maydoni 182 kvadrat kilometrni tashkil etdi.