TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun tongda videoselektor yig‘ilishini o‘tkazib, barcha tumanlar rahbarlari bilan muloqot qildi.
Tuman hokimlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan axborot berdi.
Ta’kidlanganidek, davlat rahbarining kechagi murojaatidan keyin vaziyat barqarorlashgan, hayot o‘z maromiga qaytmoqda.