TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi Qoraqalapog‘istondagi vaziyat bo‘yicha bayonot berdi.
O‘zbekiston — Qozog‘istonning qardosh qo‘shnisi, ishonchli ittifoqchisi va strategik sherigi.
Shuning uchun Qozog‘istonda do‘st qo‘shni mamlakatdagi voqealarni xavotir bilan qarshi olishdi.
“O‘zbekiston oliy rahbariyatining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha qarorlarini olqishlaymiz va qo‘llab-quvvatlaymiz.
Ishonchimiz komilki, birodar O‘zbekistonda muhim siyosiy tadbir — Konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish bo‘yicha referendum arafasida tinchlik va barqarorlik qaror topadi”, - deyilgan bayonotda.