Parlament Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi farmonni tasdiqladi

Parlament Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi farmonini tasdiqladi.
Sputnik
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining "Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish to‘g‘risida"gi farmoni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida ko‘rib chiqildi. Bu haqda parlament axborot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, Konstitutsiyaning 78-moddasi birinchi qismining 19-bandiga va "Favqulodda holat to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Konstitutsiyaviy qonuni 8-moddasining uchinchi qismiga muvofiq Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati quyidagicha qaror qilgan:
· O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2022-yil 2-iyuldagi "Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish to‘g‘risida"gi PF–164-sonli farmoni tasdiqlanadi;
· Ushbu qo‘shma qaror darhol prezidentga yuboriladi;
· Qo‘shma qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.