TOShKENT, 2-iyul – Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punkti vaqtincha ishini to‘xtatdi. Bu haqda Qozog‘iston Xavfsizlik xizmati (KNB) chegara xizmati bayonotiga asoslanib Sputnik Qozog‘iston xabar bermoqda.
“O‘zbekistonlik hamkorlardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yilning 1-iyulidan boshlab axborot tizimidagi nosozliklar tufayli "Daut-ata" – "Tajen" avtomobil yo‘lidagi chegara o‘tkazish punktidan odamlar, transport vositalari va tovarlarning o‘tkazish vaqtincha cheklangan.
Shuningdek, "Karakalpakiya" – "Beyneu" yo‘nalishida temir yo‘l qatnovini ham vaqtincha to‘xtatishni rejalashtirgan", - deyiladi xabarda.
Shu munosabat bilan chegara punktlarini kesib o‘tmoqchi bo‘lgan ikki davlat fuqarolaridan yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish so‘ralgan.