TOShKENT, 2-iyul - Sputnik. Misrning Xurgada kurortida akula hujumi oqibatida avstriyalik sayyoh vafot etdi, deb xabar berdi RIA Novosti agentligiga Rossiya bosh konsulligida.
"Sahl Hashish hududida cho‘milayotgan sayyoh ayolni akula tishlab oldi. Yirtqich uning qo‘li va oyog‘ini tishlab uzib olgan. Ayol jarohatlar oqibatida vafot etdi", - deyiladi xabarda.
Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, ayol Avstriya fuqarosi bo‘lgan.
Ushbu voqea munosabati bilan, juma kunidan boshlab uch kun davomida Sahl Hashish hududidan Makadi ko‘rfaziga suzish, sho‘ng‘in, suvda suzish va baliq ovlash taqiqlangan.