Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Lisichansk ittifoqchilar qo‘liga o‘tdi

Ozod qilingan lisichanskliklar xalaskorlardan minnatdor. Ular birinchi navbatda markaziy maydonda G‘alaba bayrog‘ini o‘rnatishdi.
Sputnik
TOShKENT, 2-iyul - Sputnik. Ittifoqchi kuchlar Lisichansk markaziga kirib kelishdi. Bu haqida birinich bo‘lib Ramzan Qodirov xabar qildi.
Apti Alaudinov qo‘mondonligidagi bo‘linmalar va LXR xalq militsiyasining 2-korpusi jang bilan butun shaharni kesib o‘tishdi va uning markaziga etib borishdi, deyilgan xabarda.
Ittifoqchi kuchlarning boshqa bo‘linmalari ham qanotlardan muvaffaqiyatli hujum qilib, shaharni ozod qilishdi.
Shaharda ko‘p soni tinch aholi qolgan. Ukraina harbiylari ularga ularga Lisichanskni tark etish imkoniyatini bermagan. Ozod qilingan lisichanskliklar xalaskorlardan minnatdor. Ular birinchi navbatda markaziy maydonda G‘alaba bayrog‘ini o‘rnatishdi.
Endi shahardagi tinch aholi hech qanday tahdid yo‘qligiga ishonch hosil qilish kerak. Ma’lumki, ukrain natsistlarning sevimli taktikasi - turli xil portlovchi moslamalar va tuzoqlar o‘rnatib ketishdir. Shu sababli, shaharni minalardan - tozalash navbatdagi ustuvor vazifadir.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 2022-yil 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.

Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.