Toshkentda "Food and Muzzday fest-2022" bo‘lib o‘tadi

Shuningdek, poytaxtda "Dance fest", "Car fest" kabi ko‘ngilochar festivallar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 1-iyul - Sputnik. Toshkentda 15-17 iyul kunlari "Food and Muzzday fest-2022" festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqida shahar hokimligi Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
15-17 iyul kunlari Tashkent city hamda poytaxtning bir qancha istirohat bog‘larida "Food and Muzzday fest-2022" bo‘lib o‘tadi, - deyilgan xabarda.
Unda taniqli restoranlar va oshxonalar ishtirok etadi. Dasturda professional oshpazlar bellashuvi, ofitsiantlar va restoran xizmatchilari namoyishlari, milliy va xorij taomlarini tayyorlash jarayonlarini ko‘rsatish, shou-konsertlar, karnaval va fleshmoblar o‘rin olgan.
Undan tashqari, hokimlik xabariga ko‘ra, iyul oyida poytaxtda "Dance fest", "Car fest" kabi ko‘ngilochar festivallar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.