TOShKENT, 1-iyul – Sputnik. Bugun BDKI Toshkent filialida Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist Farhod Mahmudov rejissorligida suratga olingan "Podarok Peri" kinokartinasi premyera qilindi.
"Podarok Peri" filmi sarguzasht ertak janrida bo‘lib, unda Pari ismli qizning hayotida sodir bo‘lgan qiziqarli voqealar ko‘rsatiladi.
Sputnik muxbiri bilan suhbatda rejissor film haqida so‘zlab berdi.
"Bugungi film "Podarok Peri" deb nomlanadi. Kinokartina Rossiya Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston Kinematografiya agentligi hamkorligida suratga olindi. Film ertak janrida, 6 yoshdan katta bolalar uchun mo‘ljallangan.
Syomka vaqti pandemiyaga to‘g‘ri kelib qoldi, ayni murakkab epizodlarni suratga olishga qiynaldik. Biroq vaqt o‘tib, mana bugun mehnatimiz yuzaga chiqdi va filmni premyerasiga yetib keldik!", - deydi rejisser.
Film sahnalari Xivada suratga olingan, aktorlarning 90 % o‘zbekistondan, lekin unda rossiyalik mashhur aktor ham ishtirok etgan.