Rossiya harbiy quruvchilari Mariupolda mikrorayon qurmoqda - video

Rossiyalik harbiy quruvchilar kuzgacha Mariupolda 12ta ko‘pxonadonli uylardan iborat mikrorayon qurib bitkazishadi.
Sputnik
TOShKENT, 1-iyul - Sputnik. Yangi uylarda jami 1 mingdan ortiq xonadon bo‘ladi. Qurilish maydoni 115 gektarni tashkil qiladi. Ishlarni 600 dan ortiq mutaxassislar olib bormoqda, 80 dona texnika jalb qilingan. Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanovning ta’kidlashicha, qurilish bu bilan cheklanib qolmaydi:
“Kelgusida yana ko‘p ishlanmalar rejalashtirilgan... Bu yerda yangi, zamonaviy kvartal bo‘ladi. Bolalar bog‘chalari, maktablar bilan ta’minlangan, hatto muz maydoni va basseyn qurishni rejalashtirganmiz. Bularning barchasi shaharliklarning foydalanishida bo‘ladi.
Bundan tashqari, Lugansk aholisi uchun qurilgan tibbiyot markazi noyabr oyida ish boshlaydi. Shifoxona zamonaviy jihozlar bilan jihozlanadi.