Magistraturaga onlayn qabul boshlandi

Magistraturgaga qabul bakalavriat diplomi va xorijiy til sertifikatiga asosan amalga oshiriladi, qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
Sputnik
TOShKENT, 1-iyul – Sputnik. 1-iyuldan boshlab 2022/2023-o‘quv yili uchun davlat OTMning magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni onlayn topshirish jarayoni boshlandi.
Hujjatlar vazirlikning rasmiy veb-sayti orqali qabul qilinmoqda. Qabul 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Yangi o‘quv yilidan boshlab magistraturaga qabul abituriyentning bakalavriat diplom bali o‘rtacha ko‘rsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida amalga oshiriladi.
Bunda ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilinadi. Qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, magistraturaga qabul bir yilda ikki marta – avgust va yanvar oylarida tashkil etish tartibi belgilangan.