Eng ko‘p tuya qaysi viloyatda boqiladi?

Tuyalar yil mobaynida dasht va sahro yaylovlaridagi o‘t, yantoq kabi o‘simliklar bilan oziqlanadi.
Sputnik
TOShKENT, 1-iyul – Sputnik. O‘zbekistonda shu yilning 1-yanvar holatiga 20,1 ming bosh tuyalar borligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Tuyalar eng ko‘p boqilayotgan hududlar:
Navoiy viloyati – 44,3 %
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 24,1 %
Buxoro viloyati – 11,9 %
Qashqadaryo viloyati – 8,1 %
boshqa hududlarda jami tuyalarning 11,6 % mavjud.
Ma’lumot uchun, tuyalar bir o‘rkachli va ikki o‘rkachli turga bo‘linadi. Ular yil mobaynida dasht va sahro yaylovlaridagi o‘t, yantoq kabi o‘simliklar bilan oziqlanadi. Tuyadan sut, go‘sht va jun olinadi. Cho‘l kemalari dunyoda eng qaysar jonivor hisoblanar ekan. Ular dengiz yoki daroda ham suza oladi.
Tuyaning ko‘zi favqulodda ko‘rish qobiliyatiga ega bo‘lib, 3-4 kilometrdan tahdidlarni aniqlaydi.