TOShKENT, 1-iyul – Sputnik. Davlat statistika qo‘mitasi respublika hududlaridagi osh markazlarida sotilayotgan palovning o‘rtacha narxlarini ma’lum qildi.
Mamlakatning to‘rt viloyatida palov narxi qimmatlashgan bo‘lsa, Sirdaryoda aksincha qariyb ikki ming so‘mga arzonlashdi.
1 porsiya oshning o‘rtacha narxi (iyun oyi uchun):
Qoraqalpog‘iston R. – 18 000 so‘m
Andijon viloyati – 19 800 so‘m
Buxoro viloyati – 21 300 so‘m
Jizzax viloyati –19 800 so‘m
Qashqadaryo viloyati – 20 300 so‘m
Navoiy viloyati – 18 000 so‘m
Namangan viloyati – 15 000 so‘m
Samarqand viloyati – 20 300 so‘m
Surxondaryo viloyati – 19 600 so‘m
Sirdaryo viloyati – 17 700 so‘m
Toshkent viloyati – 21 300 so‘m
Farg‘ona viloyati – 18 300 so‘m
Xorazm viloyati – 19 800 so‘m
Toshkent shahri – 25 800 so‘m
Shunday qilib, aksariyat hududlarda palovning barqaror narxlari saqlanib qoldi. Narxning oshishi 1 porsiya uchun 200 so‘mdan 800 so‘mgacha bo‘lgan.